O'zbegim

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o'zbegim.
Ortda qoldi ko'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o'zbegim.
Bo'ldi osmoning charog'on
Tole xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'la afshon, o'zbegim.
Men Vatanni bog' deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko'z deb aytsam,
Bitta mujgon, o'zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'kragida tog' ko'targan
Tanti dehqon, o'zbegim.
O'zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o'zbegim. ❤️

(Узбекские традиционные национальные костюмы (этно) с разных регионов Республики Узбекистан) 🇺🇿
The Art of Instagram Captions: Writing Engaging and Authentic Descriptions