"Kelajak yoshlari" nomli ta'lim granti loyihasi

"
Najot Ta'lim" hamda "Cambridge" o'quv markazlari haqiqiy "Kelajak yoshlari" qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yish uchun aynan shu nom ostida ta'lim grantini yo'lga qo'yganini e'lon qildi.

Faqatgina Ramazon oyida boshlanib va aynan shu oyda tugaydigan xayriya loyihasi uchun 1 mlrd so'mlik grant ajratilgan bo'lib, aksiya 15 yoshdam 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va o'z boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ta'lim aksiyasida dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlari hamda ingliz tili bo'yicha 60 nafar yoshlar 1 yil mobaynida mutlaqo bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ishtirokchilar motivatsion xat va boshqa omillar orqali yuqorida nomi aytib o'tilgan o'quv markazlarining HR bo'limi a'zolari tomonidan saralab olinadi.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish muddati 13-aprelga qadar amal qiladi.

👉 "Kelajak yoshlari" loyihasida ishtirok etish

📞 Telefon raqam: +998712001123
Best Bluetooth Speaker Sound Quality