“El-yurt umidi” jamg‘armasining mantiqsiz tanlovi haqida

Shu kunlarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 o'quv yili uchun 350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qildi. Ushbu 350 o'rindan 100 tasi bakalavriat ta'lim dasturi uchun, deb belgilangan.

Topshirilishi so'ralayotgan hujjatlar ichida maktab shahodatnomasi ham bo'lishi kerak ekan. Hozir 11-sinfda o'qiyotgan o'quvchilar 25-mayda maktabni bitirgach, taxminan iyun oyida maktab shahodatnomasini qo'llariga oladi. Bu paytda esa tanlov yakunlangan bo'ladi.

Jamg'arma bakalavriat uchun e'lon qilgan stipendiyada talabagor maktabni bitirgan bo'lishi kerak ekan. O'qish esa sentabr oylarida boshlanadi. Mantiqsizlik ham shunda — bakalavriat uchun 11-sinfda hozir o'qiyotgan o'quvchilar har qanaqasiga jamg'arma e'lon qilgan tanlovda ishtirok eta olishmaydi.

Shuni hisobga olishsa bo'lmasmidi, yoki buning uchun eng boshidan istak bo'lmadimi?
Top 5 Best Zoom Cameras