❗️Prezident O‘zbekistonda 130 mingdan ziyod talabalar ijarada yashayotganiga to‘xtalib, 1-maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishni ma'lum qildi

Yoshlar muammolarini yechishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari talabalarni qiynaydigan muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

«Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu masalani hal qilish bo‘yicha Hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, bunday farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi.

Ishmetov ushbu maqsadlar uchun 100 milliard so‘m ajratsin. Buyam katta pul, lekin men bunga roziman. Qishloqdan kelgan farzandlarimiz davlat g‘amxo‘rligini his qilishi kerak.

Toshqulov, Ishmetov, rektor va viloyat moliya boshliqlari ikki hafta muddatda ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1-maydan to‘lovlarni boshlasin», – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
The Art of Tweeting: Crafting Engaging and Shareable Content on Twitter