⚡️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (209-son, 13.04.2021-yil) qabul qilindi.

Xarajatlarni qoplashni so‘rab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensasiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensasiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensasiyalar 2021-yil 1 -maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Twitter Analytics: Measuring and Optimizing Your Social Media Impact