Qaroqchilik

2021-yil 1-fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingandi. Qoidaga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berildi. Ikkinchisi, 1-fevraldan ish haqlari oshirilgan taqdirda ham, joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Biroq bundan bir necha kun avval talabalar murojaat qilishdi. Talabalarga ko'ra, to'lov-kontraktni stipendiyali qilib, to'liq to'lashgan bo'lsa-da mart oyidan beri stipendiya to'lanmayotgani haqida ma'lum qilishdi. Holatni o'rgansak, bir qancha oliy ta'lim muassasalari 1-fevraldan stipendiya oshganini va stipendiya to'lanishi uchun yana qo'shimcha to'lov qilinishi kerakligini aytishgan.

Tegishli nizomlarga qaraydigan bo'lsak, oliy ta'lim muassasalari bunday talab qo'yishga va stipendiya to'lamaslikka haqqi yo'q. Sababi stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun: to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi; umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1-fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan.

❗️Hukumatning qaroridan bexabar, uni mensimaydigan, talabaning stipendiyasini vaqtida to'lamay, yana qo'shimcha to'lov talab qilayotgan oliy ta'lim muassasalari qaroqchidir!

Munosabat kutamiz! Vaqt o'tyapti, "aravani tortish" kerak!

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Guide on How to Download Instagram Videos Effortlessly