❗️Toshkentda taksi haydovchisini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ikki talaba qamoqqa olindi

Voqea 27-aprel kuni kechasi sodir bo‘lgan. 20 yoshli M.Z. va 18 yoshli M.D. o‘zganing mulkini egallash maqsadida qasddan odam o‘ldirishni reja qilgan. Ular Chilonzor tumanida joylashgan “Olmazor” metro bekati yonida taksi buyurtma qilgan. Chaqiruviga asosan A.Ch. boshqaruvida bo‘lgan Gentra yetib kelgan.

Ular taksiga o‘tirib, Yangiyo‘l tumani hududiga borgan. So‘ngra avtomashinani to‘xtatib, atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, oldindan tuzilgan rejani amalga oshirishni boshlashgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan M.D. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin o‘ng orqa sohasiga bir marotaba urib, bo‘ynini qo‘llari bilan bo‘g‘ishga uringan. Haydovchi unga qarshilik qila boshlagach, o‘rindiqda o‘tirgan M.Z. jabrlanuvchining qo‘llarini ushlab turganida tuman IIBning to‘rt nafar tungi navbatchilik guruhi a’zolari kelib qolgan.

Xodimlar zudlik bilan ularni qo‘lga olgani sababli yigitlar boshlangan jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan. Hodisa joyidan bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan M.Z. va M.D ga Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (odam o‘ldirish) 2-qismi “i”, “p” bandlari va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov e’lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ikkala yigit ham Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan va ayni paytda Toshkentdagi oliygohda birinchi bosqich talabasi bo‘lgan.

@masofatalim
How to Make a Poster on Word