Saida Mirziyoyeva
28.8K subscribers
1.8K photos
257 videos
133 links
Download Telegram
Bugun Venetsiya biennalesida ikkinchi marotaba O‘zbekiston pavilyoni ochildi.
Bu yil biz an’analar bilan texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida hikoya qiluvchi "Don’t Miss the Cue" ko‘rgazmasini taqdim etmoqdamiz.

Ushbu loyiha o‘zbek ayolining madaniy va tarixiy ildizlarini an’anaviy hunarmandchilik mahsuli bo‘lgan to‘qimachilik, liboslar orqali anglashga yordam beradi. Meni bu noyob loyiha chindan hayratga soldi.

-

Сегодня на Венецианской биеннале во второй раз открылся павильон Узбекистана.
В этом году мы представляем выставку "Don’t Miss the Cue", исследующую и повествующую о взаимодействии традиций и технологий.

Меня поразила уникальность проекта, который помогает переосмыслить культурное и историческое наследие узбекской женщины через текстиль и костюмы, связанные с традиционными ремёслами.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ming yillar davomida O‘zbekiston zamini madaniyat markazi sifatida ijodkor va faylasuflarga ilhom bag‘ishlagan.

Venetsiya biennalesida namoyish etilayotgan ko‘rgazmamiz texnologiyalar hamda an’anaviy hunarmandchilik uyg‘unligida sharq ayoli qalbini anglashga yordam beradi.

-

Тысячелетиями земля  Узбекистана находилась в эпицентре культуры и была источником вдохновения  художников и философов. 

Наша экспозиция на Венецианской биеннале —  это синтез технологий и традиционных ремёсел, позволяющий прочувствовать трансформацию души восточной женщины.
“Palazzo Franchetti” saroyida bo‘lib o‘tayotgan “Your ghosts are mine” ko‘rgazmasiga taklif uchun Sheyxa Al-Mayassa xonimga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ko‘rgazma menda katta taassurot qoldirdi.


Выражаю искреннюю благодарность госпоже Шейхе Аль-Маяссе бинт Хамад бин Халифа Аль Тани за приглашение на выставку «Your ghosts are mine» в Палаццо Франчетти, которая произвела на меня неизгладимое впечатление.
💙🤍💚
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Toshkentda YUNESKO tomonidan “Jahon Xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan Usmon mus’hafi (Toshkent Qur’oni) qadimiy qo‘lyozmasini konservatsiya va restavratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shadigan barchaga minnatdorlik izhor etaman. Birgalikda biz muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qola olamiz.

-

По поручению Президента  будет реализована консервация и реставрация древнейшей рукописи «Мусхаф Османа», внесённой ЮНЕСКО в список «Память мира».

Я благодарна каждому, кто будет участвовать в этой благородной миссии. Вместе мы сможем обеспечить сохранность священной реликвии для последующих поколений.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi tomonidan bir qator xalqaro ekspertlar, jumladan, Kembrijdan Kristi Roz, fransuz restavratorlari Aksel Dele va Korali Barb, istanbullik Nill Baydar jalb etildi.

Mutaxassislar Usmon Mus'hafi qo‘lyozmasining har bir sahifasini sinchkovlik bilan o‘rganib, restavratsiya rejasini ishlab chiqadilar.

Ushbu muqaddas qo‘lyozmani kelajak avlod uchun saqlab qolish yo‘lidagi ezgu ishning barcha bosqichlarida omad yor bo'lishini tilayman.

-

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана и Управление мусульман страны привлекли к проекту команду международных экспертов: Кристи Роз из Кембриджа, французских реставраторов Акселя Деле и Корали Барб, Нилла Байдара из Стамбула.

Специалисты детально изучат каждую страницу рукописи «Мусхаф Османа» и составят план реставрации.

Искренне желаю успеха на всех этапах этой важной работы по сохранению драгоценной реликвии для будущих поколений.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda III Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda 93 ta davlatdan 2500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, dunyoning yetakchi biznesmenlari qatnashmoqda.

Keng qamrovli islohotlar va hamkorlik munosabatlari O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.

Markaziy Osiyo ishbilarmonlari hayotidagi ushbu yirik tadbir investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha bugun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirishga yordam berishiga ishonaman.



В Ташкенте проходит III Международный инвестиционный форум, собравший более 2500 участников, включая мировых лидеров в разных сферах бизнеса, из 93 стран.

Благодаря масштабным реформам и партнёрским отношениям Узбекистан демонстрирует устойчивое развитие и экономический рост.

Я убеждена, что это крупнейшее событие в деловой жизни Центральной Азии поможет в реализации новых инициатив по улучшению инвестиционного фона, озвученных сегодня Президентом Узбекистана.
The Benefits of Using a YT Audio to MP3 Converter