Alisher Sadullaev
176K subscribers
2.11K photos
540 videos
28 files
1.46K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi direktori

• Oliy Majlis Senati a’zosi

• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
Namanganda tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashuvlariga yig’ilgan yoshlar. E’tibor bering, ularni hech kim majburlab olib kelmagan, tadbirkorlik bilimini o’zlari olish uchun yig’ilgan yoshlar.

Eslatib o’taman, ertaga va indinga Andijon hamda Farg’ona viloyatlarida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazamiz.

@alisher_sadullaev
​​Do’stlar, qiziq bir loyihaga qo’l urdik. O’zimiz uchun ham yangi tajriba bo’ladiganga o’xshaydi. Aslida ushbu loyihaga mana bu video sabab bo’ldi: https://vm.tiktok.com/ZSJMLcoC5/ O’zi repetitorlik bilan shug’ullanadigan talaba do’stimiz Tohirmalik yaratgan kontentni ko’rsangiz, o’zingiz ham g’oyani tushunib olasiz.

Talaba do’stimiz Tohirmalik matematikadan masalalarni, formulalarni zamonaviy musiqalar bilan bog’lab, ajoyib yechim, ajoyib kontent tayyorlay olgan. Tohirmalikning bu videolari esa TikTok'da 500 mingdan ortiq tomoshabinlar tomonidan ko’rilgan.

Ya’ni ming yomonlab, bloklash kerak, deyilayotgan TikTokda ham foydali kontent yaratsa bo’ladi. Eng muhimi, bilimga oid kontentlar “uchmaydi”, “TikTok auditoriyasi saviyasiz kontentni ko’proq rag’batlantiradi (tezroq mashhur bo’ladi)” degan fikrlar asossiz ekanligini ko’rasiz. Har qanday masalaga kreativ yechim topsa bo’ladi, hattoki zerikarli test imtihonlariga ham.

Yoshlar ishlari agentligi Tohirmalik kabi yoshlarni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyor. Bundan tashqari, yangi boshlayotgan loyihamizni «TikTok Ta’lim Yulduzlari» — «TikTok EduStars» deb nomladik. Tez orada ushbu loyiha uchun grant e'lon qilishga ham qaror qildik.

Zulmatni yomonlash yechim emas. Hamma gap zulmatga yorug'lik olib kirishda!

Izohlarda takliflaringizni kutaman.

@alisher_sadullaev
Yaqin daqiqalar ichida BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashida O’zbekiston yoshlari nomidan so’zga chiqaman. Forumda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish, JSST direktori Tedros Adhanom, Kosta Rika Prezidenti va boshqa mamlakatlar yoshlar masalalariga mas’ul vazirlari ishtirok etishmoqda. Nutqimning asosiy qismini Prezidentimiz oldinga surgan Yoshlar huquqlari to’g’risidagi konvensiya tashkil etadi.

Ushbu havola orqali jonli efirni kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Ka4BElF4_3w

@alisher_sadullaev
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Халқаро имтиҳон тизимларида юқори балл тўплаган ёшларга харажатлари қоплаб берилади

Ҳукумат қарори (209-сон, 13.04.2021 й.) билан Халқаро имтиҳон тизимлари бўйича юқори балл (даража) олган ёшларга имтиҳон топшириш харажатларини тўлиқ қоплаб беришнинг маъмурий регламенти тасдиқланди

🖥 Регламентга кўра, халқаро имтиҳонларда юқори балл олган ёшлар имтиҳон харажатларини қоплаб бериш учун сертификат олганидан 180 кунда давлат хизматлари марказларига ёки ЯИДХП орқали (my.gov.uz) мурожаат қилади.

➡️ ДХМ 10 дақиқада, ЯИДХП орқали эса автоматик тарзда ҳужжатлар Ёшлар ишлари агентлигига юборилади.

🔎 Агентлик 15 кунда аризачининг сертификатини верификациядан ўтказади.

ℹ️ Сертификатнинг ҳақиқийлигини верификация орқали аниқлаш имкони бўлмаса, Агентлик 30 кунда махсус сертификатнинг ҳақиқийлигини тасдиқлашни сўраб хорижий ташкилотга сўров юборади.

📝 Сертификат ҳақиқийлиги тасдиқланганда 15 кунда компенсация маблағлари Агентлик томонидан Халқ банкига ўтказилади ва ариза берувчига СМС хабар юборилади.

📲 Сертификатнинг ҳақиқийлиги тасдиқланмаганда ариза берувчига СМС хабар юборилади.

💰 Ариза берувчи Халқ банкига мурожаат қилади ва компенсация тўловларини олади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://teleg.eu/huquqiyaxborot
Alisher Sadullaev
#Қонунчиликдаги_янгиликлар Халқаро имтиҳон тизимларида юқори балл тўплаган ёшларга харажатлари қоплаб берилади Ҳукумат қарори (209-сон, 13.04.2021 й.) билан Халқаро имтиҳон тизимлари бўйича юқори балл (даража) олган ёшларга имтиҳон топшириш харажатларини…
#yashasin

Ilm olish yo’lida harakat qilayotgan yoshlar uchun yana bir muhim qaror! Do’stlar, davlatimiz ilm egalari uchun “keshbek” joriy qilmoqda. Har qanday xorijiy nufuzli test bo’lsin, o’z bilimiga ishongan va salohiyatli yoshlar imtihonlarni yuqori ballarga topshirganda, imtihon xarajatlari davlatimiz tomonidan qoplab beriladi.

@alisher_sadullaev
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Халқаро имтиҳон тизимларида юқори балл тўплаган ёшларга харажатлари тўлиқ қоплаб берилади

Бу ҳақда Ҳукуматнинг тегишли қарори (209-сон, 13.04.2021 йил) қабул қилинди.

Харажатларни қоплашни сўраб, имтиҳон топшириш пайтида 31 ёшга тўлмаган Ўзбекистон фуқаролари ва Ўзбекистонда доимий яшовчи фуқаролиги бўлмаган шахслар Давлат хизматлари марказлари ёки Ягона портал орқали мурожаат қилишлари мумкин бўлади.

Махсус сертификатнинг ҳақиқийлиги тасдиқлангандан сўнг Ёшлар ишлари агентлиги томонидан компенсация маблағлари Халқ банкининг ҳисобварағига ўтказилади ва ариза берувчига СМС хабар юборилади. Компенсацияни Халқ банки филиалидан нақд ёки нақд пулсиз шаклда олиш мумкин.

5 та халқаро имтиҳон тизими (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) бўйича компенсациялар 2021 йил 1 майдан бошлаб тўланади, яна 13 та имтиҳон тизими бўйича харажатлар 2022 йил 1 январдан қопланишни бошлайди.

Халқаро имтиҳон тизимларининг рўйхати ва минимал балл (даража) миқдори юқоридаги иловада берилган.


Каналга уланиш:
@uzauz
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq 1-maydan boshlab Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladigan boʻldi. Xoʻsh, bu tizim qanday muammolarni yechadi?

Birinchidan, asosan, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar mablagʻ tufayli grant (scholarship) qidirishadi. Lekin test topshirishga va tavakkal qilishga puli boʻlmaydi. Endilikda IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE va yana 13 xildagi xalqaro imtihonlarda yuqori natija koʻrsatgan yoshlarning imtihon xarajati bilan bogʻliq muammolari boʻlmaydi. Uning oilasi, ota-onasi ham davlatning yordamini his qiladi.

Birgina IELTS xalqaro imtihonini O‘zbekistonda topshiruvchilar qayd etgan o‘rtacha natija – 5,7 ballni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 6,1 ballni tashkil etadi. Bu borada mamlakatimiz 34-o‘rinda turibdi. Yuqori natija ko'rsatgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan to'lab berilar ekan, yoshlar yuqori natija uchun, ko'proq bilim olish uchun harakat qilishlari talab etiladi.

Ikkinchidan, bizda chet elga oʻqish yoki ishlash uchun ketadigan aholining ziyoli qatlami asosan shu xalqaro test tizimlari orqali ketadi. Endilikda bizda bu ziyoli qatlamning bazasi shakllanadi. Bu — davlat uchun oʻta muhim. Yaʼni iqtidorli va salohiyatli yoshlarning bazasi yaratiladi.

Uchinchidan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi uchun yaxlit tizim. Aynan shu Xalqaro test tizimlarida yuqori ball olgan yoshlarni davlat saralab olib, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga joʻnata oladi.

2018-2020-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendialari orqali xorijda ta'lim olish va stajirovka o'tash dasturlarining viloyatlar kesimidagi statistikasiga ko'ra, jamg'armaning eng ko'p stipendiati Toshkent shahriga to'g'ri kelmoqda — 695 nafar. Eng kam ko'rsatgich esa Sirdaryo viloyatiga to'g'ri kelmoqda — 2 nafar. Bundan keyingi o'rinda Surxondaryo viloyati — 6 nafar. Bu ko'rsatgichlar viloyatlar kesimida qaralganda juda ham kam. Markazda ko'p, viloyatda esa kam. Bu tizim orqali barchaga teng imkon berilmoqda.

Toʻrtinchidan, davlatning kadrlar siyosati uchun zaxira kadrlar tizimimiz yaratiladi. Albatta, til biladigan, xalqaro imtihonlardan yuqori natija ko'rsatgan va xorijdagi nuzufli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan minglab kadrlarni yetishtiramiz.

Beshinchidan, bu mexanizm — bilimli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, chekka joydagi yoshlarning ham sifatli ta'lim olishiga, xorijning nufuzli ta'lim dargohlarida tahsil olishiga va albatta, davlatimiz uchun foydali kadr bo'lib yetishishiga keng yo'l ochadigan tizim bo'ladi.

Yoshlardan talab qilinayotgan narsa — intilish, harakat va bilim olish. Davlat bugun siz yoshlarga imkoniyatlar eshiklarini ochar ekan, kun kelib, albatta, davlatimizni yana-da yuksaltirishga o'z xissangizni qo'shishingiz lozim. Belni mahkam bog'lang, yoshlar! Zamon sizniki, imkoniyatlar sizniki!

@alisher_sadullaev
​​«Biznes marafon» loyihasi navbatdagi viloyatlarda davom etadi!

Yaqinda mamlakatimiz bo'ylab «Biznes marafon» loyihasini yo'lga qo'yib, loyiha orqali minglab yoshlarga biznes yuritish bo'yicha muhim bilimlarni ulashdik.

13-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz ushbu loyihadagi asosiy hamkorlarimiz — Hasan aka va Husan aka Mamasaidovlarni e'tirof etib, mana shunday tadbirkorlarni yoshlarga bepul dars berayotganini, aslida eng qimmat resurs bilim ekanini tadbirkorlar orqali yana bir martta ta'kidladilar.

Loyihamiz navbatdagi viloyatlarda — 22-aprel kuni Sirdaryo viloyatida, 28- va 29-aprel kunlari Toshkent viloyatida davom etadi.

Loyihada ishtirok etish istagida bo'lganlar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim. Ishtirok etish mutlaqo bepul.

@alisher_sadullaev
Eng avvalo, maqsadni to’g’ri qo’yish kerak! O’z tajribamdan kelib chiqib, TikTok’da «Yoshlarga 100 tavsiya» loyihasini boshladim. Izohlarda o’zingizni qiziqtirgan savollarni yo’llang!

https://vm.tiktok.com/ZSJS3PUtT/
Buxoro viloyati yoshlari tashabbuslari, taklif va muammolarini o’rganish maqsadida xizmat safariga yo’lga chiqdik. Murojaatingiz bo’lsa, albatta, aloqaga chiqing.

@alisher_sadullaev
O’n olti yoshlarida Sherov Nazar bobo ikkinchi jahon urushiga chaqiriq bilan jo’nab ketadilar. Urush davomida 3 marotaba oyoqlaridan jarohat olsalar ham, g’alabadan so’ng yana to’rt yil Germaniyada tiklanish ishlarida ishtirok etadilar. Tinglasangiz, haqiqiy qahramon hikoyasi. OAV vakillari Nazar Bobodan maxsus intervyu olishsa, bu inson o’zi bilan butun bir tarixni saqlab yuribdilar. Nazar bobo ayni damda 96 yoshdalar, umrlari uzoq bo’lsin!

P.S. Bugun Nazar boboni Buxoro viloyati hokimi Botir aka Zaripov bilan yo’qlab borish nasib qildi.
TikTok Video Downloader: Download TikTok Videos without Watermark