Masofatalim
33.1K subscribers
2.25K photos
620 videos
107 files
2.9K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetga kirmaslikning muqobilida ilmsizlik turibdi

Najot Ta'lim markazi rahbari Temurbek Adhamov «Osmondagi bolalar» loyihasining 10-sonida bo'lgan suhbat davomida xususiy ta'limga bo'lgan shaxsiy fikrlari bilan bo'lishdi.

Intervyuda yaqinda ochilgan Qo'qon universiteti tashkil qilgan matematika yo'nalishidagi olimpiada, universitetlarimiz o'rtasidagi farqlar haqida so'z bordi.

To'liq suhbat: https://youtu.be/WFTtGlFL52M
⚡️Prezident tashabbusi bilan o'tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining final bosqichi yakunlandi. Natijalarga ko'ra, Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumanidan 8-sinf o'quvchisi Muhammadfozil Ismoilov 1-o'rinni qo'lga kiritgan

Muhammadfozilni yaqindan tanigan-bilganlarning yozishlaricha, Muhammadfozil 8-sinf emas, katta yoshli kishilardek tafakkur qiladigan, yoshligidan kitoblarni "yeb yuborgan" ekan. Istalgan kitob haqida soatlab gapirishini alohida ta'kidlashmoqda.

Muhammadfozil bu kitobxonligi bilan «Yosh kitobxon» tanlovida 1-o'rinni, Prezident sovg'asi — Spark avtomobilini qo'lga kiritdi. Barakalla! Bu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Muhammadfozildek yoshlar ko'paysin, deb qolamiz!

Darvoqe, Muhammadfozilning akasi ham tanlovda kattalar bo‘yicha viloyatda chempion bo'lib, Respublika bosqichiga chiqqan. Tarbiya bergan ota-onasiga esa alohida tashakkurlarimiz!
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Juda yengil yo'lni tanlabsiz!

Hozirgina instagram ijtimoiy tarmog'ida Toshkent shahar hokimligi profilida "Kelajak yoshlari" nomli qandaydir tadbirga ko'zim tushdi. Essiz, Toshkent shahar matbuot xizmati va boshqa tashkilotchilar portfolio ko'rsatish uchun juda yengil yo'lni tanlashibdi.

Bugungi kunda ilmsizlik, ishsizlik asosiy muammoyimiz bo'lib turgan zamonda ilmli yoshlarni emas, TIk Tok avlodlarini "kelajak avlodlari" deb ko'rsatishyotgani va yoshlar ulardan ibrat olayotgani juda-juda achinarli!

Mas'ullar ko'zimizni ochaylik! Biz ilmli yoshlarni kelajak avlodi deb ataylik. Boshqalarga ibrat qilib ko'rsataylik! Yengil yelpi hayotga o'rgatib yana bir avlodni yo'qotmaylik! Insof qilaylik! Piar uchun emas, chin dildan, millat uchun, vatan uchun harakat qilaylik!
​​Londonda tahsil olgan vatandoshlarimiz matnlarni, postlarni kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o'girib beradigan ajoyib Telegram bot tayyorlashibdi. Ishlatib ko'rib, sizlarga ham tavsiya qilishni lozim topdik.

Eng yoqqan va boshqa botlardan afzal tomonlari: bunda matn yoki postning shakli oʻzgarmaydi. Yaʼni postdagi bold, italic, underline, monospace va linklar oʻzgarib ketmaydi. Lotin alifbosidagi #hashtag'larda kuzatiladigan muammolar ham tuzatilgan. Masalan, #oʻzbek #aʼlo kabilar. Ajoyib bot. Sizga ham tavsiya qilamiz.

Foydalanish uchun:
👉🏻 @osonyozbot
⚡️O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

Rossiya hukumati qator davlatlardan bo‘lgan talabalar RF hududidagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish uchun mamlakatga kelishiga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, RF hukumatining 31-mart kuni qabul qilingan farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Shri-Lankadan bo‘lgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovchilari o‘qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishi mumkin bo‘ladi.
❗️Chirchiq davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakulteti kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar 5-apreldan onlayn ta'limga o'tkazildi.
❗️O'zbekiston davlat Jahon tillari universitetining 1-bosqich filologiya fakulteti talabalari 5-apreldan onlayn ta'limga o'tkazildi.
Manba so'zini eplab to'g'ri yozishni bilmaydigan, o'zini Chirchiq davlat pedagogika institutining matbuot xizmati xodimi, deb tanishtirgan shaxs "mamba" ko'rsatishni so'ramoqda...
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekan. Tibbiyot akademiyasida guruhbay shaklda onlayn taʼlimga oʻtilyapti, shekilli.
❗️2021-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ravshan Omonov talabalar bilan o‘tkazgan majlisda yashirin yozib olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Lavhadan ma'lum bo‘lishicha, majlisda dekan o‘rinbosari talaba qizlarga universitet hududiga ibodat libosida kelish taqiqlanishini, bunday kiyingan talaba qizlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘rilishini bildirgan.

«O‘qishga ibodat libosida kelish taqiqlanadi, bunday kiyinganlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘riladi. Tashqarida qanday yurish o‘zingizning ixtiyoringiz, lekin universitet hududiga kirgan vaqtda ro‘molni orqa tarafga o‘rab olishga majbursizlar.

Agar universitetning bu tartibi, qonun-qoidasi sizlarga to‘g‘ri kelmasa, marhamat qilib universitet bilan shartnomani bekor qilishingiz va shunga ruxsat bergan boshqa OTMga o‘tishingiz mumkin
», – degan u.

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi vakili Ravshan Omonovga talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash bo‘yicha vazirlik tomonidan hech qanday topshiriq berilmaganini ma'lum qildi. Ushbu vaziyatda dekan o‘rinbosarining xatti-harakatlariga O‘zbekiston Milliy universiteti ichki tartib-qoidalari va OTM jamoatchilik kengashi qarori asosida baho berilishi qo‘shimcha qilindi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Kamoliddin Mirzaahmedov ushbu holatdan rektoratning xabari borligini bildirdi. Ayni vaqtda jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosariga kim bunday topshiriq bergani va nima uchun darsda bu gaplar aytilgani yuzasidan universitet ichki surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

Kamoliddin Mirzaahmedov ishga doir barcha holatlar aniqlangach, O‘zbekiston Milliy universiteti jamoatchilik oldida ochiq hisobot berishini ma'lum qildi.
⚡️2021-yil 26-martdan onlayn ta'limga o'tgan Toshkent moliya instituti 8-apreldan an'anaviy ta'limga qaytayotganini e'lon qildi.
Forwarded from Alisher Sadullaev
Namanganda tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashuvlariga yig’ilgan yoshlar. E’tibor bering, ularni hech kim majburlab olib kelmagan, tadbirkorlik bilimini o’zlari olish uchun yig’ilgan yoshlar.

Eslatib o’taman, ertaga va indinga Andijon hamda Farg’ona viloyatlarida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazamiz.

@alisher_sadullaev
Talaba-qizlarga universitet hududiga ibodat libosida kelish taqiqlanishini, bunday kiyingan talaba qizlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘rilishini aytgan va bu gaplari yozib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ravshan Omonov keng jamoatchilikdan uzr soʻrabdi https://www.youtube.com/watch?v=MnKMj0UPLao
How to Cut in iMovie