Masofatalim
34.8K subscribers
2.22K photos
611 videos
107 files
2.88K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
⚡️O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

Rossiya hukumati qator davlatlardan bo‘lgan talabalar RF hududidagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish uchun mamlakatga kelishiga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, RF hukumatining 31-mart kuni qabul qilingan farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Shri-Lankadan bo‘lgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovchilari o‘qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishi mumkin bo‘ladi.
❗️Chirchiq davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar fakulteti kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar 5-apreldan onlayn ta'limga o'tkazildi.
❗️O'zbekiston davlat Jahon tillari universitetining 1-bosqich filologiya fakulteti talabalari 5-apreldan onlayn ta'limga o'tkazildi.
Manba so'zini eplab to'g'ri yozishni bilmaydigan, o'zini Chirchiq davlat pedagogika institutining matbuot xizmati xodimi, deb tanishtirgan shaxs "mamba" ko'rsatishni so'ramoqda...
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekan. Tibbiyot akademiyasida guruhbay shaklda onlayn taʼlimga oʻtilyapti, shekilli.
❗️2021-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ravshan Omonov talabalar bilan o‘tkazgan majlisda yashirin yozib olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Lavhadan ma'lum bo‘lishicha, majlisda dekan o‘rinbosari talaba qizlarga universitet hududiga ibodat libosida kelish taqiqlanishini, bunday kiyingan talaba qizlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘rilishini bildirgan.

«O‘qishga ibodat libosida kelish taqiqlanadi, bunday kiyinganlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘riladi. Tashqarida qanday yurish o‘zingizning ixtiyoringiz, lekin universitet hududiga kirgan vaqtda ro‘molni orqa tarafga o‘rab olishga majbursizlar.

Agar universitetning bu tartibi, qonun-qoidasi sizlarga to‘g‘ri kelmasa, marhamat qilib universitet bilan shartnomani bekor qilishingiz va shunga ruxsat bergan boshqa OTMga o‘tishingiz mumkin
», – degan u.

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi vakili Ravshan Omonovga talabalarning ro‘mol o‘rashini taqiqlash bo‘yicha vazirlik tomonidan hech qanday topshiriq berilmaganini ma'lum qildi. Ushbu vaziyatda dekan o‘rinbosarining xatti-harakatlariga O‘zbekiston Milliy universiteti ichki tartib-qoidalari va OTM jamoatchilik kengashi qarori asosida baho berilishi qo‘shimcha qilindi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Kamoliddin Mirzaahmedov ushbu holatdan rektoratning xabari borligini bildirdi. Ayni vaqtda jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosariga kim bunday topshiriq bergani va nima uchun darsda bu gaplar aytilgani yuzasidan universitet ichki surishtiruvi o‘tkazilmoqda.

Kamoliddin Mirzaahmedov ishga doir barcha holatlar aniqlangach, O‘zbekiston Milliy universiteti jamoatchilik oldida ochiq hisobot berishini ma'lum qildi.
⚡️2021-yil 26-martdan onlayn ta'limga o'tgan Toshkent moliya instituti 8-apreldan an'anaviy ta'limga qaytayotganini e'lon qildi.
Forwarded from Alisher Sadullaev
Namanganda tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashuvlariga yig’ilgan yoshlar. E’tibor bering, ularni hech kim majburlab olib kelmagan, tadbirkorlik bilimini o’zlari olish uchun yig’ilgan yoshlar.

Eslatib o’taman, ertaga va indinga Andijon hamda Farg’ona viloyatlarida yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazamiz.

@alisher_sadullaev
Talaba-qizlarga universitet hududiga ibodat libosida kelish taqiqlanishini, bunday kiyingan talaba qizlarni darsga kiritgan o‘qituvchilarga ham chora ko‘rilishini aytgan va bu gaplari yozib olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ravshan Omonov keng jamoatchilikdan uzr soʻrabdi https://www.youtube.com/watch?v=MnKMj0UPLao
⚡️Ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan test sinovlari 13-14-aprel kunlari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan edi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun ona tili va adabiyot hamda matematika fanlari bo‘yicha test sinovlari 13-14-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​Do’stlar, qiziq bir loyihaga qo’l urdik. O’zimiz uchun ham yangi tajriba bo’ladiganga o’xshaydi. Aslida ushbu loyihaga mana bu video sabab bo’ldi: https://vm.tiktok.com/ZSJMLcoC5/ O’zi repetitorlik bilan shug’ullanadigan talaba do’stimiz Tohirmalik yaratgan kontentni ko’rsangiz, o’zingiz ham g’oyani tushunib olasiz.

Talaba do’stimiz Tohirmalik matematikadan masalalarni, formulalarni zamonaviy musiqalar bilan bog’lab, ajoyib yechim, ajoyib kontent tayyorlay olgan. Tohirmalikning bu videolari esa TikTok'da 500 mingdan ortiq tomoshabinlar tomonidan ko’rilgan.

Ya’ni ming yomonlab, bloklash kerak, deyilayotgan TikTokda ham foydali kontent yaratsa bo’ladi. Eng muhimi, bilimga oid kontentlar “uchmaydi”, “TikTok auditoriyasi saviyasiz kontentni ko’proq rag’batlantiradi (tezroq mashhur bo’ladi)” degan fikrlar asossiz ekanligini ko’rasiz. Har qanday masalaga kreativ yechim topsa bo’ladi, hattoki zerikarli test imtihonlariga ham.

Yoshlar ishlari agentligi Tohirmalik kabi yoshlarni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyor. Bundan tashqari, yangi boshlayotgan loyihamizni «TikTok Ta’lim Yulduzlari» — «TikTok EduStars» deb nomladik. Tez orada ushbu loyiha uchun grant e'lon qilishga ham qaror qildik.

Zulmatni yomonlash yechim emas. Hamma gap zulmatga yorug'lik olib kirishda!

Izohlarda takliflaringizni kutaman.

@alisher_sadullaev
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yaqin daqiqalar ichida BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashida O’zbekiston yoshlari nomidan so’zga chiqaman. Forumda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish, JSST direktori Tedros Adhanom, Kosta Rika Prezidenti va boshqa mamlakatlar yoshlar masalalariga mas’ul vazirlari ishtirok etishmoqda. Nutqimning asosiy qismini Prezidentimiz oldinga surgan Yoshlar huquqlari to’g’risidagi konvensiya tashkil etadi.

Ushbu havola orqali jonli efirni kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Ka4BElF4_3w

@alisher_sadullaev
How to Save Live Photo as Video