Masofatalim
33.1K subscribers
2.25K photos
620 videos
107 files
2.9K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
⚡️2021-2025-yillar davomida 92 ming 600 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi. Shu munosabat bilan davlat byudjetidan 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
“Yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘tash davrida 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi — Prezident.
Masofatalim
⚡️UPD: 1-maydan ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab beriladi — Prezident.
❗️Tuzatish: Ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab berilishi 1-maydan boshlanadi, 1-sentabrdan emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida 4 ta oliy ta'lim muassasasi rektorini ishdan oldi

Yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun Farg‘ona davlat universiteti (Maqsudov), Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti (Ahmedov) hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti (Otajonov) rektorlari, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) lavozimidan ozod etildi.

❗️Boshqa rektorlar qat’iy ogohlantirildi.
⚡️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (209-son, 13.04.2021-yil) qabul qilindi.

Xarajatlarni qoplashni so‘rab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensasiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensasiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensasiyalar 2021-yil 1 -maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Forwarded from Alisher Sadullaev
#yashasin

Ilm olish yo’lida harakat qilayotgan yoshlar uchun yana bir muhim qaror! Do’stlar, davlatimiz ilm egalari uchun “keshbek” joriy qilmoqda. Har qanday xorijiy nufuzli test bo’lsin, o’z bilimiga ishongan va salohiyatli yoshlar imtihonlarni yuqori ballarga topshirganda, imtihon xarajatlari davlatimiz tomonidan qoplab beriladi.

@alisher_sadullaev
⚡️Xorijdan qaytgan mutaxassislarimizga uyoqdagidan kam bo‘lmagan maosh beramiz — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini vatanga qaytarish uchun beriladigan imkoniyatlar haqida gapirdi.

«Ular uchun yaxshi lavozim, uy-joy masalasini ham hal qilib beramiz. Eng asosiysi, o‘sha yerda qancha oylik olib ishlab kelayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonga kelib xizmat qilishni istagan mutaxassislar uchun uyoqdagidan kam bo‘lmagan oylikni beramiz», dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni yoshlar muammolarini yechishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ijarada yashaydigan talabalar uchun hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanayotganini, unga ko‘ra, 1-maydan boshlab ijarada yashaydigan talabalarning ijara to‘lovlarining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, 2021-2025-yillar davomida 92 ming 600 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi. Shu munosabat bilan davlat byudjetidan 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Talabalar uchun judayam yaxshi imkoniyatlar. Hurmatli talabalar, xushyor bo'linglar. Pullar qayerga ketayotganiga, egasiga yetib borayotganiga qiziqib turinglar. Jamoatchilik nazorati muhim. Tag'in oradan 4-5 oy vaqt o'tib, «Talabalarga ajratilgan falon million pullar talon-taroj qilindi» degan xabarlarni o‘qib yurmaylik...

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
7 nafar talabasida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 10-aprel kuni karantinga yopilgan va talabalari onlayn ta'limga o'tkazilgan Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo'ja 14-aprel kuni universitet yotoqxonasida turadigan talabalar uchun bayram oshi tarqatibdi.

P.S. Bayram oshi kuy-qo'shiqlarga ulanib ketgan, hamma shod-u xurram.

P.S.S. Ba'zida mantiq ishlamay turadi.
Oltin qoida: “Piar vaqt tanlamas”.
Platina qoida: ”Qora piar ham piardur”.
Muhim qoida: ”Любая пиар хороша”.

«Piar o'gitlar» kitobidan
Forwarded from Alisher Sadullaev
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq 1-maydan boshlab Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladigan boʻldi. Xoʻsh, bu tizim qanday muammolarni yechadi?

Birinchidan, asosan, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar mablagʻ tufayli grant (scholarship) qidirishadi. Lekin test topshirishga va tavakkal qilishga puli boʻlmaydi. Endilikda IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE va yana 13 xildagi xalqaro imtihonlarda yuqori natija koʻrsatgan yoshlarning imtihon xarajati bilan bogʻliq muammolari boʻlmaydi. Uning oilasi, ota-onasi ham davlatning yordamini his qiladi.

Birgina IELTS xalqaro imtihonini O‘zbekistonda topshiruvchilar qayd etgan o‘rtacha natija – 5,7 ballni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 6,1 ballni tashkil etadi. Bu borada mamlakatimiz 34-o‘rinda turibdi. Yuqori natija ko'rsatgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan to'lab berilar ekan, yoshlar yuqori natija uchun, ko'proq bilim olish uchun harakat qilishlari talab etiladi.

Ikkinchidan, bizda chet elga oʻqish yoki ishlash uchun ketadigan aholining ziyoli qatlami asosan shu xalqaro test tizimlari orqali ketadi. Endilikda bizda bu ziyoli qatlamning bazasi shakllanadi. Bu — davlat uchun oʻta muhim. Yaʼni iqtidorli va salohiyatli yoshlarning bazasi yaratiladi.

Uchinchidan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi uchun yaxlit tizim. Aynan shu Xalqaro test tizimlarida yuqori ball olgan yoshlarni davlat saralab olib, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga joʻnata oladi.

2018-2020-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendialari orqali xorijda ta'lim olish va stajirovka o'tash dasturlarining viloyatlar kesimidagi statistikasiga ko'ra, jamg'armaning eng ko'p stipendiati Toshkent shahriga to'g'ri kelmoqda — 695 nafar. Eng kam ko'rsatgich esa Sirdaryo viloyatiga to'g'ri kelmoqda — 2 nafar. Bundan keyingi o'rinda Surxondaryo viloyati — 6 nafar. Bu ko'rsatgichlar viloyatlar kesimida qaralganda juda ham kam. Markazda ko'p, viloyatda esa kam. Bu tizim orqali barchaga teng imkon berilmoqda.

Toʻrtinchidan, davlatning kadrlar siyosati uchun zaxira kadrlar tizimimiz yaratiladi. Albatta, til biladigan, xalqaro imtihonlardan yuqori natija ko'rsatgan va xorijdagi nuzufli oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan minglab kadrlarni yetishtiramiz.

Beshinchidan, bu mexanizm — bilimli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, chekka joydagi yoshlarning ham sifatli ta'lim olishiga, xorijning nufuzli ta'lim dargohlarida tahsil olishiga va albatta, davlatimiz uchun foydali kadr bo'lib yetishishiga keng yo'l ochadigan tizim bo'ladi.

Yoshlardan talab qilinayotgan narsa — intilish, harakat va bilim olish. Davlat bugun siz yoshlarga imkoniyatlar eshiklarini ochar ekan, kun kelib, albatta, davlatimizni yana-da yuksaltirishga o'z xissangizni qo'shishingiz lozim. Belni mahkam bog'lang, yoshlar! Zamon sizniki, imkoniyatlar sizniki!

@alisher_sadullaev
«Moliya instituti haqidagi postni ochirib tashlay olasizmi? Iltimos, domlamiz hafa bo'lib qolmasin. Bunday ishlar oshkora bo'lmagani yaxshi» — Talabalar

Moliya instituti haqidagi post talabalarning iltimosiga binoan o'chirildi. Lekin talabalarga iftorlik qilib bergan moliya instituti ustoziga ham, ustozini o'ylagan talabalarga ham hurmatimiz cheksiz! O'zgalarga o'rnak sifatida joylagandik, ammo buning oshkora bo'lishini istashmadi.

Xulosa shuki, oliy ta'lim muassasalarimizda mana shunday tillo ustozlarimiz bor.
Talaba xasrati: «Hamma ozib ketibsan deydi, ammo hech kim ovqat beray, demaydi...»
Qaroqchilik

2021-yil 1-fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingandi. Qoidaga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berildi. Ikkinchisi, 1-fevraldan ish haqlari oshirilgan taqdirda ham, joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Biroq bundan bir necha kun avval talabalar murojaat qilishdi. Talabalarga ko'ra, to'lov-kontraktni stipendiyali qilib, to'liq to'lashgan bo'lsa-da mart oyidan beri stipendiya to'lanmayotgani haqida ma'lum qilishdi. Holatni o'rgansak, bir qancha oliy ta'lim muassasalari 1-fevraldan stipendiya oshganini va stipendiya to'lanishi uchun yana qo'shimcha to'lov qilinishi kerakligini aytishgan.

Tegishli nizomlarga qaraydigan bo'lsak, oliy ta'lim muassasalari bunday talab qo'yishga va stipendiya to'lamaslikka haqqi yo'q. Sababi stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun: to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi; umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1-fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan.

❗️Hukumatning qaroridan bexabar, uni mensimaydigan, talabaning stipendiyasini vaqtida to'lamay, yana qo'shimcha to'lov talab qilayotgan oliy ta'lim muassasalari qaroqchidir!

Munosabat kutamiz! Vaqt o'tyapti, "aravani tortish" kerak!

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasining bir qancha talabalar turar joylari karantinga yopilib, ushbu talabalar turar joylarida turgan talabalarning uylariga javob berib yuborilgan.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 19-apreldan noma’lum muddatga onlayn ta’limga o‘tdi. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarida koronavirus aniqlangan.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining barcha kurs talabalari 14 kunga onlayn taʼlimga oʻtdi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Oliy ta'lim muassasalarida talabalarda koronavirus aniqlanayotgani va bu holat kundan kun ko'payib borayotgani hech kimga sir emas. Bu holatlar esa juda ko'pchilik oliy ta'lim muassasalarida yashirilmoqda va tegishli choralar ko'rilmayapti. O'z navbatida, amaldagi qonunchilikka ko'ra, bu javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi.

Shu paytda tizimning tepasida o'tirgan, byudjetdan (xalq pulidan) oylik olib, shuning evaziga qimmat mashinalarda yurgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi doimgidek ko'r, kar va soqovni yoqib olgan. Telegramdagi kanaliga qarasang, gumbura-qars bayram, hammayoq farovon.

Nazarimizda, bu holatga jiddiy qarash kerak. Vaziyat hozir u qadar og'ir emas. Ammo kasallanish ko'payaversa, oliy ta'lim muassasalari onlayn ta'limga o'tishga majbur bo'ladi. Talabalar uyiga ketsa, bu holat yana kasallanish ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin. Xudo ko'rsatmasin, poytaxtda qaysidir talaba kasallikni yuqtirsa va unda yashirin holatda o'tayotgan bo'lsa, uyiga borgach oila a'zolarining ham hayotini havf ostiga qo'yishi mumkin. Hozir ayni vaqti. Keyin onlayn ta'limga o'tish vaziyatni battar qiladi.

Toshqulov qani?

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Toshkent shahriga kirish-chiqish postlariga yana dizinfeksion tunnellar o'rnatilmoqda. Ovoz kuchaytirgichlar (kalonkalar) o'rnatilib, koronavirus haqida ma'ruzalar yangrashni boshladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Twitter Analytics: Measuring and Optimizing Your Social Media Impact