Masofatalim
36.1K subscribers
2.22K photos
603 videos
107 files
2.87K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
⚡️Ramazon oyining boshlanishi 13-aprelga toʻgʻri keladi

«Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5062-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Ramazon oyi karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos ravishda oʻtkaziladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashabbusi bilan o'tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining final bosqichi g'olibi, Prezident sovg'asi — “Spark” avtomobili sovrindori, Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumanidan 8-sinf o'quvchisi Muhammadfozil Ismoilovni qishloqdoshlari kutib olishdi

Oddiy yo'llar, oddiy qishloq ko'chalari. Farg'onada O'zbekiston tumani borligini ko'pchilik hatto bilmaydi ham. Ammo kitob ortidan bir yosh yigit o'zini ko'rsata oldi. Ota-onasiga rahmat olib bera oldi. Xulosa shuki, har doim kamida bitta imkon bo'ladi...
⚡️Toshkent davlat texnika universitetining Energetika fakulteti 14 kunga onlayn ta'limga o'tkazildi.
❗️Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 7 nafar talabasida koronavirus aniqlangan. Ayni paytda ushbu talabalar Zangiotadagi shifoxonaga olib ketilgan.
"Kelajak yoshlari" nomli ta'lim granti loyihasi

"
Najot Ta'lim" hamda "Cambridge" o'quv markazlari haqiqiy "Kelajak yoshlari" qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yish uchun aynan shu nom ostida ta'lim grantini yo'lga qo'yganini e'lon qildi.

Faqatgina Ramazon oyida boshlanib va aynan shu oyda tugaydigan xayriya loyihasi uchun 1 mlrd so'mlik grant ajratilgan bo'lib, aksiya 15 yoshdam 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va o'z boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ta'lim aksiyasida dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlari hamda ingliz tili bo'yicha 60 nafar yoshlar 1 yil mobaynida mutlaqo bepul tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ishtirokchilar motivatsion xat va boshqa omillar orqali yuqorida nomi aytib o'tilgan o'quv markazlarining HR bo'limi a'zolari tomonidan saralab olinadi.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish muddati 13-aprelga qadar amal qiladi.

👉 "Kelajak yoshlari" loyihasida ishtirok etish

📞 Telefon raqam: +998712001123
Ingliz tilini oʻrganishning yangi erasi!

🔥 Atigi 2 oyda ingliz tilida hayratlanarli natijaga erishishni xohlaysizmi?
🔺Bir oyda 4000ta soʻzni oson eslab qolishning siri nimada?
🔺Ingliz tilini kuchli intizom va motivatsiya bilan oʻqish uchun nima qilish kerak?

Bu savollar siz uchun ham qiziqmi?

🚀 Unda ushbu Super Foundation 3.0 Innovatsion ingliz tili BEPUL vebinari aynan siz uchun!
❗️ Vebinarda qatnashish uchun @ProductiveEdu kanaliga obuna boʻling!

⌛️ Vebinar sanasi va qoʻshimcha foydali ma’lumotlarni ham @ProductiveEdu kanalidan olasiz!

👋 Speaker: MrAlex
📌 Ielts: 7,5

Obuna boʻling: @ProductiveEdu
“El-yurt umidi” jamg‘armasining mantiqsiz tanlovi haqida

Shu kunlarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 o'quv yili uchun 350 o'ringa mo'ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qildi. Ushbu 350 o'rindan 100 tasi bakalavriat ta'lim dasturi uchun, deb belgilangan.

Topshirilishi so'ralayotgan hujjatlar ichida maktab shahodatnomasi ham bo'lishi kerak ekan. Hozir 11-sinfda o'qiyotgan o'quvchilar 25-mayda maktabni bitirgach, taxminan iyun oyida maktab shahodatnomasini qo'llariga oladi. Bu paytda esa tanlov yakunlangan bo'ladi.

Jamg'arma bakalavriat uchun e'lon qilgan stipendiyada talabagor maktabni bitirgan bo'lishi kerak ekan. O'qish esa sentabr oylarida boshlanadi. Mantiqsizlik ham shunda — bakalavriat uchun 11-sinfda hozir o'qiyotgan o'quvchilar har qanaqasiga jamg'arma e'lon qilgan tanlovda ishtirok eta olishmaydi.

Shuni hisobga olishsa bo'lmasmidi, yoki buning uchun eng boshidan istak bo'lmadimi?
“Shaf off”lik

“El-yurt umidi” jamg‘armasining saytiga kirib, izlagan ma'lumotni topa olmaysiz, hattoki “Tanlov tartibi” deb yozilgan bo'limga umuman kirish imkonsiz — ishlamaydi. Tekshirib ko'rish uchun: https://eyuf.uz/site/view-page?id=125

Shaffofligiga shubha uyg'onadi. Hammasi “shaf off” bo'lib ko'rinmoqda...
Yozishlaricha, magistraturada ham shunga o'xshash holat ekan, afsuski.
Qisqasi, “El-yurt umidi”dan umid qilib yurmang...🤧
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Mening dadajonim — Muqimjonov Dilshodbekning orzulari “Daewoo” avtomashinasi minish bo'lgan. Lekin ming afsuslar bo'lsinki, bu orzuga yetishmay, yurak xurujidan vafot etganlar va bunga 13 yil bo'ldi» — Muhammadfozil Ismoilov.

Prezident tashabbusi bilan o'tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining final bosqichi g'olibi, Prezident sovg'asi — “Spark” avtomobili sovrindori, Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumanidan 8-sinf o'quvchisi Muhammadfozil Ismoilovning haqiqatlari.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Bugun, 13-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi

Videoselektor yig‘ilishi yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlanadi.
⚡️UPD: 1-maydan ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab beriladi — Prezident.
❗️Prezident O‘zbekistonda 130 mingdan ziyod talabalar ijarada yashayotganiga to‘xtalib, 1-maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishni ma'lum qildi

Yoshlar muammolarini yechishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari talabalarni qiynaydigan muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

«Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu masalani hal qilish bo‘yicha Hukumat tomonidan alohida dastur tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, bunday farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shu bilan birga, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi.

Ishmetov ushbu maqsadlar uchun 100 milliard so‘m ajratsin. Buyam katta pul, lekin men bunga roziman. Qishloqdan kelgan farzandlarimiz davlat g‘amxo‘rligini his qilishi kerak.

Toshqulov, Ishmetov, rektor va viloyat moliya boshliqlari ikki hafta muddatda ijarada turgan talabalar bilan uchrashib, 1-maydan to‘lovlarni boshlasin», – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️2021-2025-yillar davomida 92 ming 600 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi. Shu munosabat bilan davlat byudjetidan 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
“Yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun korxona va kompaniyalarda amaliyot o‘tash davrida 500 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi — Prezident.
Masofatalim
⚡️UPD: 1-maydan ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab beriladi — Prezident.
❗️Tuzatish: Ijarada turadigan talabalarning ijara toʻlovidan 50 foizi davlat tomonidan toʻlab berilishi 1-maydan boshlanadi, 1-sentabrdan emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida 4 ta oliy ta'lim muassasasi rektorini ishdan oldi

Yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun Farg‘ona davlat universiteti (Maqsudov), Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti (Ahmedov) hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti (Otajonov) rektorlari, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) lavozimidan ozod etildi.

❗️Boshqa rektorlar qat’iy ogohlantirildi.
⚡️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (209-son, 13.04.2021-yil) qabul qilindi.

Xarajatlarni qoplashni so‘rab, imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensasiya mablag‘lari Xalq bankining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi. Kompensasiyani Xalq banki filialidan naqd yoki naqd pulsiz shaklda olish mumkin.

5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha kompensasiyalar 2021-yil 1 -maydan boshlab to‘lanadi, yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
TikTok Video Downloader: Download TikTok Videos without Watermark